Bryussel Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi maxsus vakilini tayinladi, deya xabar bermoqda “12news.uz”. U slovakiyalik Peter Buryan bo‘ldi.
Diplomatning majburiyatlariga YeIning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan siyosiy koordinatsiyasini mustahkamlash, Yevroittifoqning Markaziy Osiyo uchun strategiyalari bajarilishini monitoring qilish, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash kiradi.
Peter Buryan o‘z majburiyatlarini bajarishga darhol kirishadi, uning YeI maxsus vakili mandati 2016-yil 30-aprelgacha amal qiladi.
Izoh (0)