Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarligiga muddatidan avvalgi saylovlarda ishtirok etish uchun rozilik berishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar berdi.
“Xalqdan minglab imzolar qo‘yilgan kuchli iltimoslar keldi, xalq fikrini inobatga olishga to‘g‘ri keldi. O‘ylaymanki, saylovlar natijasida odamlar o‘z fikrlarini bayon qiladi, kimni qadrlasa, kimga ishonsa, o‘shanga ovoz beradi”, — dedi Nazarboyev.
Muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari Qozog‘istonda 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 11-mart kuni Nazarboyev nomzodi “Nur Otan” partiyasi tomonidan ilgari surilgan edi.
Izoh (0)