Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi qiz to‘qqizinchi qavatdan yiqilib, omon qoldi, deya xabar bermoqda Kazakhstan Today.
Hodisa bugun, 16-aprel kuni ertalab 9:30 da “Gavhar” yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Qo‘ni-qo‘shnilar aytishicha, jabrlanuvchi shu yotoqxonada ijarada turuvchi talaba qiz bo‘lgan.
Qiz binoning birinchi qavatida joylashgan “Batis su arnasi” AJ bo‘limi derazasi tepasidagi soyabonga kelib tushgan.
“Tez yordam” mashinasi yetib kelganida qiz tirik bo‘lgan. Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda.
Izoh (0)