KXDR yetakchisi Kim Chen In Suriya Arab Respublikasi mustaqilligining 69 yilligi munosabati bilan prezident Bashar Asadga tabrik yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, KXDR Davlat mudofaa qo‘mitasi birinchi raisi “Suriya davlati rahbari, do‘st Suriya hukumati va ushbu mamlakat xalqini tarixiy sana bilan muborakbod etgan”.
Kim Chen In “ham mamlakat ichidagi, ham chet eldagi dushman kuchlarning tajovuzi va terrorchilik harakatlari sharoitida suverenitet, xavfsizlik va hududiy yaxlitlik uchun adolatli kurash olib borayotgan” Suriya prezidenti va xalqi bilan birdamligini bildirdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Bashar Asadga “mustahkam sog‘liq va faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilagan”.
Izoh (0)