Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat iqtisodiyotidagi inqiroz ikki yildan kamroq vaqt ichida yengib o‘tilishini aytdi, deb yozadi Meduza.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida u sanoat ishlab chiqarishidagi tanazzulni ahamiyatsiz deb atadi. Putin so‘zlariga ko‘ra, mart oyida sanoat ishlab chiqarish darajasi o‘tgan yilning marti bilan taqqoslaganda 99,4 foizni tashkil qilgan.
Putin shuningdek, Rossiyada ishsizlik darajasi oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, prezident ishsizlik 5,8 foizga o‘sganini e’tirof etdi.
Izoh (0)