Gonkongning Deep Knowledge Ventures venchur fondi katta sherigi Dmitriy Kaminskiy uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekordni yangilab, 123 yildan ko‘p yashagan kishiga 1 million dollar to‘lashga va’da berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha bosh rekord fransiyalik Janna Kalman ismli ayolga tegishli, u 122 yil-u 6 oy yashagan. Kaminskiy ushbu rekorddan o‘zish mumkinligiga ishonmoqda.
“Jamiyatimiz kimdir yangi rekord qo‘ymagunicha uzoq umr haqida o‘ylamaydi. Agar ko‘p yashash raqobatdoshlik masalasiga aylansa, u yanada talabgir bo‘ladi”, — deya ishonch bildirdi Dmitriy Kaminskiy.
Izoh (0)