Rossiya Davlat dumasi Markaziy Osiyodagi yadro qurolidan xoli hudud haqidagi shartnoma protokolini ratifikatsiya qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
2014-yil 6-mayda Nyu-Yorkda imzolangan hujjat yadro davlatlari — Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiyani Shartnomaga a’zo mamlakatlarga qarshi yadro qurolini qo‘llamaslik va uni qo‘llash haqida tahdid qilmaslikni yuklaydi.
Davlat dumasi protokolni qo‘shimcha shartlar bilan ratifikatsiya qildi. Ularga ko‘ra, Rossiya o‘ziga yoki uning qo‘shinlariga, shuningdek uning ittifoqdoshlariga hujum uyushtirilsa, o‘zini protokolda nazarda tutilgan holatlar bilan cheklangan deb hisoblab o‘tirmaydi.
Izoh (0)