Nyu-Yorkda yashovchi Leysi Spirs o‘zining besh yoshli o‘g‘li Garnettni o‘ldirganlikda ayblanib, 20 yilga qamaldi, deya xabar bermoqda Metro. Ayol o‘z blogini ommalashtirish uchun o‘g‘lini zaharlagan.
“Garnettning sayohati” deb nomlangan blogni yurituvchi 27 yoshli ayol unda o‘g‘lidagi “sirli xastalik” haqida yozdi. Aslida esa Spirs Garnettga (uning otasi avtohalokatda vafot etgan) haddan ortiq tuz bergan, bu esa uning o‘limiga olib kelgan.
Nyu-York okrug prokurori yordamchisi so‘zlariga ko‘ra, ona o‘g‘lini nosog‘lom e‘tibortalablik tufayli zaharlagan.
Sudya aytishicha, Spirs Myunxgauzen sindromidan azob chekkan. Bunday xastalikka uchragan ota-ona tibbiy yordamga murojaat qilish uchun bolasida jo‘rttaga kasallik keltirib chiqaradi yoki uni to‘qib chiqaradi.
Izoh (0)