Samarqandda 10—12-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Sharq durdonalari” festivalida O‘zbekistonning turli burchaklaridan 150 ga yaqin amaliy san’at ustalari, xalq baxshilari, dizaynerlar, oshpazlar, zargarlar va musiqachilar ishtirok etadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Festival ijodkor sulolalar va iste’dodli ustalarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilikni amaliy san’at sohasidagi yo‘nalishlar bilan tanishtirish va mamlakatning madaniy boyligini asrashga qaratilgan.
Festival doirasida folklor kollektivlar chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, ustalarning mahorat darslari, rasmlar ko‘rgazmasi, o‘zbek dizaynerlarining modalar namoyishi, an’anaviy xo‘roz urushtirish va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)