Toshkentda Abdulla Qodiriy va Qori Niyozov ko‘chalarini birlashtiruvchi yo‘l ochildi, deya xabar bermoqda “UZ24” Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolariga tayanib.
Endi avtomobilchilar Darxondan Yunusobodgacha bo‘lgan yo‘lni bir necha kilometrgacha qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Qori Niyozov ko‘chasining qarama-qarshi tomonida M-2 massiviga o‘tish yo‘li ochildi. Avval u yerga 500 metr narida joylashgan burilish orqali yetib borish mumkin edi. Shuningdek, M. Gandi ko‘chasiga to‘g‘ri chiqish yo‘li ham ochildi.
Izoh (0)