2015—2019-yillarda O‘zbekistonning kon-metallurgiya sohasidagi korxonalari modernizatsiyasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Prezident Islom Karimov farmoni bilan tasdiqlangan dastur o‘z ichiga sohaning ikki korxonasi — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 41 ta loyihani oladi.
NKMK besh yil ichida jami qiymati 984,5 million dollarlik 27 ta loyihani, OKMK esa 500 million dollarlik 14 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Loyihalar korxonalarning o‘z mablag‘lari, bank kreditlari hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Izoh (0)