Xitoy o‘zbek xalqi tanlovini hurmat qiladi va Xitoy-O‘zbekiston aloqalarining muntazam rivojlanishini rag‘batlantirish niyatida, deya xabar bermoqda UzDaily Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin bayonotiga tayanib.
U XXR raisi Si Szinpin Islom Karimovga tabrik telegrammasini jo‘natgani, shuningdek uni telefon orqali ham qutlaganini eslatdi.
“Xitoy tomoni o‘zbek xalqi tanlovini hurmat qiladi, O‘zbekiston tomonidan tanlangan taraqqiyot yo‘li va mamlakatdagi shunga muvofiq real vaziyatni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya ta’kidladi Xua Chunin.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga binoan Islom Karimovga saylovchilarning 90,39 foizi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)