O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi rahbari etib Mehriddin Abdullayev tayinlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. U 2012-yildan buyon moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Abdullayev bu lavozimda Jamol Shukurov o‘rnini egalladi.
Mehriddin Abdullayev (1969-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti bitiruvchisidir.
U 1993—1994-yillarda Markaziy bankning Jondor tumani bo‘limida bosh iqtisodchi, 1994—1997-yillarda “Paxta-bank”ning tuman bo‘limida yetakchi, so‘ng bosh mutaxassis, 1997—2003-yillarda “Asaka” bankining Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari va boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.
2003—2006-yillarda Markaziy bankning Buxoro viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006—2010-yillarda O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari, 2010—2012-yillarda — Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)