Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda “BelTA”.
“Sizning saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz o‘zbek xalqi tomonidan mamlakatni barqaror rivojlantirish va uning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qaratilgan siyosatingizning qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatadi”, — deya ta’kidladi Belarus prezidenti.
Lukashenko do‘stlik va hamjihatlik an’analari bundan keyin ham Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi uchun imkon yaratishiga ishonch bildirib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga binoan Islom Karimovga saylovchilarning 90,39 foizi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)