“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi MAN Truck & Bus AG (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda MAN og‘ir yuk ortiladigan avtotransport vositalari uchun kabinalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda, deb yozadi UzDaily.
Kabinalar ishlab chiqarish obyektlari Samarqand viloyatidagi MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK bazasida yaratiladi.
Nashr ta’kidlashicha, O‘zbekiston hukumati “MAN og‘ir yuk ortiladigan avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror chiqardi. Unga ko‘ra, loyiha bir bosqichli tartibda dastlabki texnik-iqtisodiy asossiz amalga oshiriladi.
Izoh (0)