29-mart, yakshanba kuni kechqurun Misrning Soxag provinsiyasida mikroavtobus, yuk mashinasi va taksi avtomobili to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. Avtohalokat natijasida 17 kishi qurbon bo‘ldi, yana yetti kishi jabrlandi.
Yo‘l-transport hodisasi Soxagni Qizil dengiz provinsiyasi bilan bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida mikroavtobus qiyalikdan ag‘darilib ketdi. Halokatda ishga ketayotgan Misr fuqarolari nobud bo‘ldi.
Halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)