29-mart, yakshanba kuni Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa provinsiyasida yuz bergan yirik avariya natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda “TASS”. Mahalliy televideniye xabariga ko‘ra, Shanliurfa—Akchakale avtotrassasida uchta transport vositasi to‘qnashib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida yosh bolalar bor. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga yetkazilgan. Hodisa joyida tibbiyot xodimlari va politsiya ishlamoqda.
Trassada yengil avtomobil, yo‘lovchi mikroavtobusi va beton qoradigan mashina to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)