AQSh Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy bilan ham, isyonchi shialar bilan ham aloqa qilgani yo‘q. Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jeff Ratke aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Qo‘shma Shtatlar Yaman rahbari va xusiylar vakillari bilan aloqada bo‘lgani yo‘q. Ushbu arab davlatidagi harakatlarimizning barchasi Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda”, — deya ta’kidladi Ratke.
Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy Adan shahridagi boshpanasidan noma’lum yo‘nalishga qarab qochgan, bunga shaharga xusiylar yaqinlashayotgani sabab bo‘lgan edi. 27-mart kuni esa Hodiy Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga yetib keldi.
26-mart, payshanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni shia isyonchilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, unda yana to‘qqiz davlat qatnashmoqda. Ar-Riyod xusiylarga qarshi 100 ta qiruvchi samolyot va 150 mingta askar jo‘natdi.
Izoh (0)