Hindistonning Maxarashtra shtatida vazir bolalar bayramiga qurol bilan keldi, deya xabar bermoqda The Times of India.
Hodisa Jalgaon shahrida maktab o‘quvchilariga darsliklar topshirish vaqtida sodir bo‘ldi. Shtatning suv manbalari vaziri, mamlakatda hukmdor “Bxaratiya Janata parti” partiyasi a’zosi Girish Maxajan tadbirga belbog‘iga to‘pponcha osgan holda kelgan va shu holatda bolalar oldida nutq so‘zlagan.
Muxolifat Maxajanni qattiq tanqid qildi, uning namoyishkorona qurol taqib yurish orqali o‘quvchilarga xunuk namuna ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Maxajan esa bunga javoban, to‘pponcha olib yurishi uchun litsenziyasi borligini va noqonuniy xatti-harakatni amalga oshirmaganini aytdi.
Izoh (0)