29-mart, yakshanba kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanida sohilbo‘yi Koni-Aylenddagi mashhur istirohat bog‘ida “Amerika tepaliklari” attraksionida 20 dan ortiq kishi qolib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Hodisa natijasida hech kimga ziyon yetmagan.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, eng yuqori burilishda vagonchalarning oyoqlari aylanmay qolgan va ular yerdan taxminan 20 metr balandlikda to‘xtab qolgan. Bog‘ xodimlari zudlik bilan yetib kelib, yo‘lovchilarga pastga tushishda ko‘maklashdi.
Bundan 88 yil avval qurilgan va o‘sha paytlarda AQShda eng baland “Amerika tepaliklari”ga ega bo‘lgan attraksionlar bog‘i yakshanba kuni qishki tanaffusdan so‘ng birinchi marta tashrifchilarni qabul qilgan edi.
Izoh (0)