Qozonning “Admiral” savdo markazidagi yong‘in qurbonlari jasadlarining shaxslari aniqlandi va qarindoshlariga topshirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya FVVning respublika bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
Topilgan jasadlar sud-tibbiy ekspertizaga berilgan, u yerda ularning shaxslari aniqlangach, qarindoshlariga topshirilgan. Bu boradagi muammoli masalalarning barchasi hal etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozonning “Admiral” savdo markazidagi yong‘in 11-mart kuni sodir bo‘ldi, u tezda 4 ming kvadrat metr maydonga tarqalib ketdi. O‘t ketganidan ikki soat o‘tib, kirish eshiklaridan biri qulab tushdi, odamlar xarobalar ostida qoldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi halok bo‘ldi, 50 dan oshiq kishi jarohat oldi.
Izoh (0)