Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aytishicha, u o‘z lavozimida qolar ekan, Tel-Aviv Falastin davlatini tan olmaydi, deb yozadi Reuters.
Avvalroq isroillik siyosatchi falastinliklar bilan tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida Falastinda qurolsizlantirilgan davlat tuzish mumkinligini qayd etgan edi.
Muddatidan avvalgi parlament saylovlari Isroilda 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi. 10-mart kuni bosh vazir uning saylovlarda yutqizishiga qaratilgan xalqaro bosim borligini taxmin qilgan edi.
Izoh (0)