Qohira sudi Misrda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan “Musulmon birodarlar”ning diniy yetakchisini o‘lim jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
U bilan birga yana harakatning 13 nafar yetakchilari ham qatl etiladi. Ularning barchasi qo‘poruvchilik faoliyatida aybdor deb topildi.
Muhammad Badia avval ham o‘limga mahkum qilingan, biroq o‘shanda hukm bir umrlik qamoq jazosiga almashtirilgan edi.
So‘nggi hukm bo‘yicha yakuniy qaror oliy muftiy tomonidan aprel oyida qabul qilinadi.
Izoh (0)