Mustaqil Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu sog‘lig‘i yomonlashdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Singapurning hozirgi bosh vaziri Li Syanlun (Kuan Yuning o‘g‘li) bayonotiga tayanib.
Li Kuan Yu fevral boshida pnevmoniyaning og‘ir shakli bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
“Janob Li Kuan Yuning ahvoli infeksiya tufayli yomonlashdi. U antibiotiklar bilan davolanmoqda. Shifokorlar uning ahvolini diqqat bilan kuzatmoqda”, — deyiladi Li Syanlun bayonotida.
Li Kuan Yu — taniqli singapurlik siyosatchi 1959-yilda Singapur mustaqillikka erishgach, uning tarixidagi ilk bosh vazirga aylangan va 31 yil davomida o‘z lavozimini egallab kelgan.
Izoh (0)