Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyevni muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida tasdiqladi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Qaror ishonchli saylovchilardan Nazarboyev nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilgan 560 mingdan ortiq imzolar asosida qabul qilindi.
Muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari Qozog‘istonda 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 11-mart kuni Nazarboyev nomzodi “Nur Otan” partiyasi tomonidan ilgari surilgan edi.
Izoh (0)