Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy Radaga “Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibi joriy etiladigan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi alohida tuman, shahar va qishloqlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaror loyihasini kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.
O‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibini joriy etish rejalashtirilayotgan hududlar chegarasi 2014-yil 19-sentabrdagi Minsk protokoli orqali belgilangan tutash chiziqlar bo‘ylab o‘tadi. Ayirmachilar tomonidan ushbu sanadan keyin egallangan hududlarda alohida rejim o‘rnatilmaydi.
Izoh (0)