Myanma sharqiy sohillarida dengiz paromi halokatga uchrashi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 45 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” mahalliy OAVlarga tayanib.
Bortida 214 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema 13-mart, juma kuni kechqurun Raykxan shtati yaqinida cho‘kib ketdi. Taxmin qilinishicha, paromning cho‘kishiga unga me’yoridan ortiq yuk ortilgani sabab bo‘lgan. Odamlardan tashqari u 129 tonna yukni ortib ketayotgan bo‘lgan.
Jami 169 yo‘lovchini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh (0)