Vanuatu hukumati “Pem” tropik sikloni tufayli bo‘lgan qurbonlar sababli, butun mamlakatda favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Orol davlatdagi Oxfam xalqaro birlashmasi direktori Kolin Kolet vann Royyen so‘zlariga ko‘ra, “Pem” sikloni Vanuatu poytaxti Port-Viladagi uylarning 90 foizini vayron qilgan.
Mamlakat prezidenti Baldvin Lonsdeyl xalqaro jamoatchilikka murojaat qilib, siklon oqibatlarini bartaraf qilishda mamlakatga shoshilinch yordam berishni so‘radi.
Izoh (0)