15-mart kuni Pokistonning Lahor shahri yaqinida ketma-ket ikki marta portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Natijada uch kishi halok bo‘lgan.
Portlashlar asosan nasroniylar yashaydigan Yuxonobod tumanidagi cherkov yonida yuz bergan. Jabrlanganlarning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazildi, ularning soni oshkor etilmayapti.
Portlash sababi va kuchi aniqlanmoqda.
Izoh (0)