15-mart, yakshanba kuni holatiga so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozondagi “Admiral” savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xorijiy mamlakatlarning besh nafar fuqarolari halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK” Tatariston huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib.
Tatariston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi qurbonlar orasida Ozarbayjon va Qirg‘iziston fuqarolari borligini ma’lum qildi. Qozon kasalxonalarida esa yetti nafar xorijliklar qolmoqda, bular — ikki nafar Vyetnam fuqarosi, uch nafar Ozarbayjon, bir nafardan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridir.
Qozonning “Admiral” savdo markazidagi yong‘in 11-mart kuni kunduzi boshlandi, olov kechqurun 21:30 da o‘chirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 17 kishini tashkil etdi.
Izoh (0)