AQShning Indiana shtatida talabalar o‘tirgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Avtohalokatda kamida 20 kishi jabr ko‘rdi. Hodisa Genrivill shahri yaqinida sodir bo‘ldi.
Talabalar bu avtobusda bouling bo‘yicha musobaqaga ketayotgan bo‘lgan.
Jarohatlanganlarning barchasi kasalxonaga yetkazilgan, politsiya halokat sabablarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)