Qozonning “Admiral” savdo markazidagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Mintaqa shoshilinch xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ninchi qurbonning jasadi 13-martga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan 1:25 da topilgan.
Savdo majmuasidagi yong‘in 11-mart kuni sodir bo‘ldi. 55 nafar jabrlanganlar tibbiyot xodimlariga murojaat qilgan, ularning 16 nafari kasalxonalarda yotibdi. Uch kishining ahvoli og‘ir.
Fojia fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida savdo markazi ijarachisi bo‘lgan firma direktori Guseyn Gahramanov hibsga olindi.
Ayni paytda voqea joyida xarobalarni tartibga solish davom etmoqda.
Izoh (0)