10-mart, seshanba kuni AQShning Florida shtatida UH-60 turidagi vertolyot halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Interfax mahalliy OAVlarga tayanib. Natijada AQSh armiyasining 11 nafar harbiy xizmatchilari, shu jumladan yetti nafar dengiz piyodalaridan iborat guruh halok bo‘ldi.
Vertolyot tungi mashg‘ulotlar chog‘ida dengizga qulagan.
Hodisa joyida ikki harbiyning jasadi topilib bo‘ldi, qutqaruvchilar qidiruvni davom ettirmoqda.
Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, halokat chog‘ida dengiz ustida kuchli tuman bo‘lgan.
Izoh (0)