Qozog‘istonning “Ak jol” demokratik partiyasi Qozog‘iston Respublikasining amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomzodi 26-aprelda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ilgari surilishini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
“Muddatidan avvalgi saylovlar haqidagi qaror — qandaydir taktik usul emas, balki yaqinlashayotgan xavflar oldini olish bo‘yicha strategik choradir. Shuning uchun partiyamiz prezidiumi Qozog‘iston xalqi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi”, — dedi “Ak jol” raisi Azat Peruashev.
Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Nazarboyev o‘zi yetakchilik qiladigan “Nur Otan” partiyasining 16-syezdida prezidentlikka nomzod etib surilgan edi.
Izoh (0)