AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar berdi Oq uy matbuot xizmati. 1995-yilda e’lon qilingan cheklovlar shu yilning 15-martida kuchdan qolishi kerak edi.
“Eron hukumatining muayyan harakatlari va siyosiy qarorlari AQShning mintaqadagi manfaatlariga zid hamda AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun favqulodda xavf tug‘dirishda davom etmoqda”, — deyiladi davlat rahbarining Kongressga jo‘natgan maktubida.
Shu bilan birga, Obama xalqaro vositachilar “oltiligi” va Tehron o‘rtasidagi Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish kuzatilganini qayd etdi.
Izoh (0)