AQSh maxfiy xizmati o‘zining ikki nafar xodimi bilan sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan tergov boshladi, deya xabar bermoqda The Washington Post. 4-mart kuni ular xizmat mashinasida xavfsizlikni ta’minlash uchun Oq uy atrofiga o‘ralgan panjarani kelib urgan.
Voqea ishtirokchilaridan biri — Barak Obamaning shaxsiy qo‘riqchilari boshlig‘i. U o‘z hamkasbi bilan mashinani alkogol mastlik holatida boshqarayotgan bo‘lgan, taxmin qilinishicha, ular ziyofatdan qaytayotgan bo‘lgan.
Maxfiy xizmat rasmiy vakili Brayan Liri xodimlarning nomunosib qiliqlari bilan bog‘liq tekshirish ishlari olib borilayotganligini tasdiqladi. U bu haqda Obamaga ham yetkazilganini aytdi va aybdorlar jazo olishini ta’kidladi.
Izoh (0)