“Soyuz TMA-14M” kemasining ichida “Roskosmos” kosmonavtlari Yelena Serova, Aleksandr Samokutyayev va NASA astronavti Barri Uilmor bo‘lgan tushiriladigan kapsulasi Qozog‘istondagi dashtning rejalashtirilgan hududiga qo‘ndi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, 300 ga yaqin harbiy xizmatchilar kosmonavtlarni qidirish va evakuatsiya qilish bo‘yicha operatsiyada qatnashdi. Operatsiyaga bundan tashqari, 14 ta Mi-8 vertolyotlari, 2 ta An-26 samolyotlari hamda 6 ta maxsus qidiruv-evakuatsiya mashinalari jalb qilindi.
Izoh (0)