Rossiya tashqi ishlar vazirligi 300 amerikalik desantchilar Italiyadagi bazadan Lvov viloyatidagi poligonga ko‘chirilayotganini aytdi, deya xabar bermoqda Meduza. “Shu tariqa, amerikalik harbiylar allaqachon Ukraina deyavering”, — dedi TIV rasmiy vakili Aleksandr Lukashevich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, desantchilar ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. “Shunisi ravshanki, ular bu mamlakatga tinchlik olib keladiganga o‘xshamaydi”, — deya xulosa yasadi vazirlik vakili.
Lukashevich, shuningdek AQShni Ukrainaga qurol yetkazib bermaslik haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)