Dubaydagi xalqaro ko‘rgazmada 270 million va undan ortiq qiymatga ega yaxtalar namoyish etildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Dubayda o‘tkazilgan 23-Dubai International Boat Show shousida butun dunyodan turli sinfdagi yaxtalar, shuningdek boshqa suv transporti vositalari taqdim etildi.
Ko‘rgazmada 54 mamlakatdan 800 ta kompaniya va 430 ta yaxta qatnashdi. Ularning ko‘chiligi BAA nomidan ishtirok etdi, u so‘nggi vaqtlarda hashamatli yaxta ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar o‘nligiga kira boshladi.
Izoh (0)