Ukrainaning Lvov shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi ayol 11-qavatdan o‘zini tashladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Ayol qulash chog‘ida daraxt shoxlaridan ushlab qolishi natijasida tirik qoldi, biroq qo‘l va oyoqlari kuchli shikast yedi.
3-mart kuni tongda guvohlar ko‘chada qonga belangan tana yotgani haqida militsiyaga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor xodimlar jabrlanuvchi o‘z xonadoni derazasidan sakragan 42 yoshli ayol ekanligini aniqladi.
Militsionerlar so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda shifokorlar ayolning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.