Namibiyaning iste’foga chiqayotgan prezidenti Xifikepunye Poxamba dunyodagi eng yirik individual mukofot — 5 million dollarlik Mo Ibrohim mukofotiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Interfax.
Mo Ibrohim mukofoti 2007-yildan buyon har yili demokratik tarzda saylangan yetakchiga Afrikani boshqarishda erishgan yutuqlari, jamiyatni rivojlantirib, hayot darajasini oshirgani uchun topshiriladi. Mukofotni vakolat muddati tugab, iste’foga chiqqan yoki chiqayotgan yetakchilargina qo‘lga kiritishi mumkin.
Izoh (0)