Britaniyalik fotosuratchi Martin Le-Mey suvsarning qizilishtonni minib parvoz qilayotganini suratga oldi, deya xabar bermoqda TJournal. Rasm ijtimoiy tarmoqlarda tez ommalashib ketdi va OAVlar e’tiboriga tushdi.
Noodatiy fotosuratni parrandashunos Jeyson Uord o‘z mikroblogida e’lon qildi va unda yashil Yevropa qizilishtoni tasvirlangani, kadr esa London yaqinidagi Xornchyorch bog‘ida olinganini ma’lum qildi.
Uord ta’kidlashicha, suratda qizilishton suvsarni sayr qildirayotgandek ko‘rinsa-da, aslida ikki jonivor urushmoqda. Taxmin qilinishicha, suvsar qushning inini talamoqchi bo‘lgan va qush o‘z tuxumlarini himoya qilmoqchi bo‘lganida, unga yopishib olgan.
Izoh (0)