Bloomberg agentligi tadqiqot o‘tkazib, 2015-yil uchun “baxtsizlik indeksi”ni tuzdi. Unga yashash va ishlash qiyin bo‘lgan, eng zaif iqtisodiyotga ega mamlakatlar kiritildi, deb yozadi “Vestifinance.ru”.
“Baxtsizlik indeksi”da ishsizlik darajasi va iste’mol narxlari indeksining o‘zgarishi hisobga olindi.
Jami 51 ta davlatni o‘z ichiga olgan ushbu ro‘yxatning birinchi beshligiga Venesuela, Argentina, JAR, Ukraina va Gretsiya kirdi.
Byudjet defitsiti yuqori bo‘lgan PIIGS (Portugaliya, Italiya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya) davlatlarining deyarli barchasi ham indeksda yuqori pog‘onalarni “zabt etdi”. Ispaniya 6-o‘rin, Portugaliya — 10, Italiya — 11, Irlandiya esa 16-o‘rinni egalladi.