Saudiya Arabistoni ruhoniyati vakili shayx Bandar al Xaybariy talabalardan birining Yer aylanishi yoki muallaq turishi haqidagi savolga javoban sayyoramiz o‘z o‘qi atrofida aylanishini rad etdi, deb xabar bermoqda Meduza.
https://www.youtube.com/watch?v=MPLKSI5grFY
U avval diniy iqtiboslar bilan Yer aylanmasligini “isbotlash”ga uringan. Keyin esa qo‘liga bir idishda suv olgan va uni Yer deb tasavvur qilishni taklif qilgan.
“BAAdan Xitoyga samolyotda uchib borilganda agar Yer aylansa, samolyot muallaq turishi va Xitoyning o‘zi kelib qolishi yoki doimo samolyotdan qochib yurishi kerak bo‘lardi”, − deydi u.
Izoh (0)