Yosh yigit Moskva metrosida poyezd tagiga o‘zini tashlab, joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda “TASS” Moskva metropolitenidagi IIB matbuot xizmatiga tayanib.
20 yoshli yigit “Chertanovskaya” metro bekatida poyezd tagiga sakragan va olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Politsiya videokuzatuv kameralari yozuvlarini ko‘zdan kechirib chiqib, yigitning poyezd tagiga sakrashdan avval kurtkasini yechib, perronda portfelini qoldirganini aniqladi.
Izoh (0)