Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Western Digital, Seagate, Toshiba va boshqa yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan qattiq disklarga josuslik dasturlarini o‘rnatgan va shu tariqa dunyodagi ko‘plab kompyuterlardagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriyasi” tadqiqotlariga tayanib, Reuters xabar berdi, deb yozadi TJournal.

Foto: earth-chronicles.ru

Foto: earth-chronicles.ru

“Kasperskiy laboratoriyasi” mutaxassislari bunday dasturga ega kompyuterlarni dunyoning 30 ta mamlakatida aniqlagan. Ularning katta qismi Eron, Rossiya, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy, Mali, Suriya, Yaman va Jazoir hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Asosiy nishonlar hukumat va harbiy muassasalar, telekommunikatsiya kompaniyalari, banklar, energetika kompaniyalari, yadroviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, OAV va diniy faollar bo‘lgan.

“Kasperskiy laboratoriyasi” josuslik dasturi tegishli bo‘lgan davlatni aniq nomlamadi, biroq uning Eron yadro dasturi obyektlariga hujum qilish uchun MXA buyurtmasiga binoan ishlab chiqilgan Stuxnet virusiga aloqador ekanligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi