Qozog‘iston Vatanparvarlar partiyasi yetakchisi G‘ani Qosimov Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyevni muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlarida demokratik kuchlar umummilliy koalitsiyasidan yagona nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi, deb yozadi “Novosti-Kazaxstan” agentligi.
14-fevral kuni Qozog‘iston Xalq Assambleyasi kengashi prezident saylovlarini 2015-yilda o‘tkazish taklifini kiritdi. XAK a’zolarining mamlakat xalqiga murojaatida “mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevga global sinovlar davridan mamlakat muvaffaqiyatli o‘tib olishi uchun yangi umummilliy ishonch mandatini berish zarurligi” aytiladi.
Izoh (0)