Germaniya kansleri Angela Merkel 16-fevral, dushanba kuni Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qiluvchi yahudiylar xavfsizligini ta’minlashiga va’da berdi. Bu haqda u Kopengagenda bo‘lib o‘tgan teraktlarni izohlar ekan, aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“GFR hukumati va mas’ul shaxslar yahudiy tashkilotlar va fuqarolar xavfsizligini kafolatlash uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda, — dedi kansler. — Biz bundan buyon ham Germaniyada istiqomat qiluvchi yahudiylar bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolishni istardik”.
Izoh (0)