Saudiya Arabistonining Iroq bilan chegaradosh Xafr-Batna tumanida harbiy vertolyot halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “Al Arabiya” telekanaliga tayanib. Natijada to‘rt nafar ekipaj a’zosi nobud bo‘lgan.
Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, hodisa Xafr-Batnadagi Al Malik harbiy shaharchasida tungi o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida sodir bo‘lgan.
Mas’ul organlar halokat sabablarini tekshirishga kirishdi.
Izoh (0)