Rossiya amerikaliklar tomonidan AQShning “bosh dushmani” deb e’tirof etildi, u “dushmanlik reytingi”da Shimoliy Koreya, Xitoy va Eronni ortda qoldirdi, deya xabar bermoqda Interfax Gallup so‘rovi natijalariga tayanib.
Tadqiqot yakunlariga ko‘ra, amerikaliklarning 18 foizi Rossiyani Amerikaning eng yovuz dushmani deb biladi. Bundan ikki yilgina avval ushbu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2 foizga teng bo‘lgan.
Shimoliy Koreyani o‘z davlatining dushmani sifatida ko‘ruvchi amerikaliklar esa 15 foizni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1 foizga kam demakdir.
Izoh (0)